Rasman: “Metallurg” bosniya va gercegovinalik o'yinchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
29 jul 2022
Bekobod jamoasi o'z tarkibiga legioner yarim himoyachi qo'shib oldi.

"Bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibini yana bir iqtidorli o'yinchi bilan to'ldirdi. Klub 25 yoshli Bosniya va Gercegovinalik yarim himoyachi Kerim Palich bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Kerim Palich Saraevo shahrida tavallud topgan. Professional futbolchilik faoliyatini “Jeleznichar” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Bosna Yunion”, “Inter” (Bratislava), “Krupa”, “Saraevo” jamoalarida to'p surdi. Bosniya va Gercegovina terma jamoalariga jalb etilgan. O'smirlar, U-19 terma jamoalari tarkibida xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan. Faoliyati davomida 120 ta uchrashuvda to'p surgan. 6 ta to'p kiritgan.

Bosniya va Gercegovina milliy chempionati – Premer ligasida 46 uchrashuvda mvydonga chiqib (“Krupa”da 28 ta, “Saraevo”da 18 ta o'yin), 1 ta gol kiritgan. 15 marta ogohlantirilgan.


Kerim Palich (Bosniya va Gercegovina)

25 yoshda. 1997 yilning 24 yanvar sanasida tavallud topgan.

Ampluasi: yarim himoyachi

Faoliyat yuritgan jamoalari:

2014 – 2015 yillar – “Jeleznichar”

2016 yil – “Bosna Yunion”

2017 yil – “Inter” (Bratislava, Slovakiya)

2018 – 2020 yillar – “Krupa” FK

2021 – 2022 yillar – “Saraevo” FK


“Metallurg” PFKning ahil oilasiga xush kelibsan, Kerim!!!", - deyiladi "Metallurg" xabarida.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: "Металлург" матбуот хизмати

Izohlar

Muhammadxon Mamatov
29 jul 2022
Керимга омад!
Бахтийор Ашуров
29 jul 2022
Айни ўйнайдиган ёшда экан. Омадини берсин!
Abdul.basit
29 jul 2022
Metallurg ni menejerinixam maydonga olib tushib bir yugurtirworadigan bb qolibdi matbuot kotiblari eb yotibdi xolos izlanish yuq bu bordoqi chuchqalarda
MezzA
29 jul 2022
Bir qiziq jixat borde Metallurgi ispaniyalik trenri shartnomamda liganer olsh mumkinmas dgan band bor mahaliy fudbolchilani kashf qilamz dgandi bunisi nma ENDI ????