Rasman: "Metallurg"ning ukrainalik legioneri "Dinamo"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
3 jan 2025
Superliga-2025 mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirayotgan "Dinamo" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.

Ukrainalik legioner Oleksandr Kucherenko "Dinamo" jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Tajribali markaziy himoyachi yakunlangan mavsumning ikkinchi davrasini Bekobodning "Metallurg" klubi safida o'tkazib, Superligada 13 o'yinda 1 ta golga mualliflik qilgandi. U Samarqand jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shilmoqda.

Kucherenko faoliyati davomida Ukrainaning "Veres", "Ingulec", "Volin", Moldovaning "Nistru" va "Veris" klublarida ham harakat qilib, Ukraina Premer-ligasi, Moldova Superligasi va Evropa Ligasida ham o'yinlar o'tkazgan.

Ism-sharifi: Oleksandr Evgenevich Kucherenko 

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1991 yil, 1 oktyabr. Slavyansk, Ukraina.

Ampluasi: himoyachi


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: "Динамо" матбуот хизмати

Izohlar

International
3 jan
Ukraina va Moldova chempionatini o'rtameyona jamoalarida o'ynagan 34 yoshli legionerdan U20 jamoasidan yosh futbolchini olsa ham arzonga tushadi ham yaxshiroq o'ynidi. Qanaqa transfer qiladi bu klubla tushunarsiz
Кодир
3 jan
Металларугда уйнаганда деярли хар бир уйини стадиондан курдим яхши химоячи линпмога анча нафи тегиши мумкун Абрамов маладес
Кодир
3 jan
Металларугда уйнаганда деярли хар бир уйини стадиондан курдим яхши химоячи динамога анча нафи тегиши мумкун Абрамов маладес
Кодир
3 jan
Металларугда уйнаганда деярли хар бир уйини стадиондан курдим яхши химоячи динамога анча нафи тегиши мумкун Абрамов маладес