Rasman: "Neftchi"dan bomba transfer!

Tolibjon Qosimov
8 jan 2025
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Biroz avval farg'onaliklar safiga Jamshid Boltaboev kelib qo'shilgani xabar qilingan edi.

Bugun "Neftchi" PFK rahbariyati milliy terma jamoamiz azosi, tajribali va mohir yarim himoyachi Jamshid Iskanderov bilan shartnoma imzoladi.

Malumot o'rnida, 1993 yil 16 oktyabr sanasida Urganch shahrida tavallud topgan Jamshid Iskanderov  professional futboldagi faoliyatini Samarqandning "Dinamo" klubida boshlagan. Keyinchalik poytaxtimizning “Paxtakor" va "Lokomotiv", Janubiy Koreyaning "Seongnam" jamoalarida to'p tepdi. O'tgan 2024 yil futbol mavsumini futbolchi "Navbahor" safida o'tkazib, Superliganing bronza medalini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "Championat.asia" saytimizda 2024 yilning 28 noyabr sanasida bu transfer haqida xabar chop etilgan edi >>>>> Eshitdik-da! O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi "Neftchi"ga o'tadi

 


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: "Нефтчи" матбуот хизмати

Izohlar

Туракургоn arena
8 jan
Хар хил гапни кераги йук,бу футболчи хар кандай камандани орзуси,навбахорда колишни роса хохлади ва кутди лекин навбахорни трансфер сиëсати узгаргани учун ноилож бошка жамоага утиб кетди,омад сенга жамшид. Уч йил навбахорда уйнаб бирор йирик соврин ютиб бермагани учун ичида армон билан кетди бу бола (респект)
Firdavs
8 jan
Qayerga bomba tushdi
Firdavs
8 jan
qaranga nima emish debman
barselona7
8 jan
Ўзи охирги вақтларда Нефтчида шунақа "бомба" трансферлар кўпайиб кетди. Охири портлаб кетмаса бўлди.
barselona7
8 jan
Уч тўрт йил олдинги Навбаҳор қилган ишларни Нефтчи қиляпти. Асосан Навбаҳорни ўйинчиларини йиғиб оляпти. Ҳаммаси "дежурний состав".
Azizbek Muminov
8 jan
Нефчига Юрий Вазгенович Саркисянни каргиши тегкан ушандан бери узига келолмаябди энди шу уйинчилар билан узларига келтиришмокчи Нефчини ЧЕМПИОНЛИК билан кайтариш
Ashraf 10
8 jan
O'tgan yilgi Navbahor bu yil Neftchi ekan. Bomba bomba deb sezon boshlanguncha portlab ketmasa buldi
Jek96
8 jan
Babayan qayda qolding kel sen ham
Znznzb Ihdhste
8 jan
Maqsad bir mavsumda chempion bulish uzoq yillik reja yuq klublarda tizimlik Nasafga o'xshab bosqichma bosqich chiqish yuq essiz shuncha pul
Murod Muxammadiyev
8 jan
Hech qaysi klubga g'arazliligim yo'qku lekin hamma bilan 1 yillik shartnoma imzolaydigan bizni klublarimizdan muvaffaqiyat kutish qiyin
Ko'proq ko'rsatish