Rasman: "Neftchi"ga qo'yilgan transfer taqiqi bekor qilindi

Mirjalol Normatov
21 feb 2025
O'FA "Neftchi"ga qo'yilgan transfer taqiqini bekor qildi.

Avvalroq "Neftchi" Vladimir Ejurov, Manuchehr Safarov, Zoir Jo'raboev, Arabuli Bachana, Tomislav Mrchela kabilardan qolib kelayotgan qarzdorlikni bartaraf qilib, FIFA tomonidan qo'yilgan taqiqlarni olib tashlashga erishgandi. 

Keyinroq O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita to'plangan malumotlar asosida "Neftchi"ga yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishini chekladi. O'tgan vaqt davomida klub O'zbekiston futbolchilar uyushmasi davolari bo'yicha ish olib bordi hamda bu borada ayrim futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qildi. Shuningdek, bir qator futbolchilardan qolib kelayotgan qarzdorlik qisman bartaraf etildi va ular bilan yozma kelishuvga erishdi. Qo'shimchasiga "Neftchi" Farg'ona viloyat futbol maktabi bilan hamkorlik shartnomasi doirasidagi majburiyatlarini 2025 yilgi mavsum davomida bartaraf etish bo'yicha O'FA bilan kelishuvga erishdi. 

Shundan kelib chiqib, O'FA tegishli qo'mitasi klub murojaatini atroflicha o'rganib chiqib, yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishga nisbatan qo'yilgan taqiqni shartli ravishda bekor qildi. Endilikda klub O'FA hamda O'FU bilan kelishuvlarga muvofiq o'z majburiyatini belgilangan muddatlarda amalga oshirishi talab etiladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: ЎзПФЛ матбуот хизмати

Izohlar

Абдугаффор . N
21 feb
Истиклол стадиони бу йил тулиб тошади насиб булса! Нефтчига омад ёр булсин!
Xojakbar Xaitov
21 feb
Ана энди уйинчиларни олишни бошлашади
21 ASR FUTBOLI
21 feb
Rustam Ashurmatov keladi diyilganidi Neftchiga rostmikin......
Аброр Ибрагимов
21 feb
Фамиляларни каранглар бирортасини фойдаси тегмаган Нефтчига лекин отни калласидай пулни олиб кетишди. Хали бу ишлар яна давом этадиганга ухшайди.Лекин Ю 21 Ю 19 га умуман этибор йук кимдир буни назорат килмаса хозирги келган бир туда кучманчиларга куни колади Нефтчини. Кейинги йил курасизлар Навбахордан ёппасига кучиб утган кучманчиларга бошка жамоадан яхширок таклиф тушса Фаргоналик мухлислар билан хайрлашмаям суриворишади. Буни Навбвхор мисолида курдик. Афсус минг афсус.
Rustam Ruziyev
22 feb
Маҳаллий футболчилар, аёллар жамоаси ҳамда ўринбосарлар одам эмасми? Фақат легионерлардан қарзини узибди ҳолоску, ЎФА таъқиқни бекор қилмаслиги керак эди.