Rasman: OKMK yana bir yaponiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Alisher
21 jan 2025
Olmaliqning OKMK klubi yaponiyalik yarim himoyachi Naoaki Senaga bilan shartnoma imzoladi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan OKMK FK selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda. Jamoa qishki transferlar oynasida osiyolik hujumkor yarim himoyachi - Naoaki Senagani o'z tarkibiga qo'shib oldi. 26 yoshli yapon futbolchisi markaziy chiziqlarda har bir poziciyada o'zini mukammal namoyon qila olish qobiliyatiga ega.

177 sm bo'yga ega bo'lgan Senaga, faoliyati davomida Yaponiya, Chernogoriya va Vengriya chempionatlarida o'zining yuqori darajadagi o'yinlari bilan tanilgan. Uning so'nggi jamoasi "Debresen FK" klubi bo'lib, o'tgan mavsumda 34 ta o'yinda maydonga tushgan. Shu davr mobaynida, yani, Evropadagi faoliyatida u 9 ta gol urib, 3 bor golli uzatmalarni amalga oshirgan. Endilikda, OKMK FK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

OKMK FK rahbariyati, yangi futbolchimizning jamoaga qo'shadigan salohiyati va yuqori darajadagi professional mahorati orqali klubimizning g'alabalari va muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamlashga, shuningdek, uning kelajakdagi o'yinlarda jamoa o'yiniga qo'shadigan hissasi klub muvaffaqiyatlarini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiradi.

OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Naoaki Senaga!

OKMK FS の温かい家族へ、瀬名賀なおあきさん、ようこそ!", - deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, Toshkent viloyati jamoasi tarkibida bunga qadar yaponiyalik Arihiro Sentoku tep tepayotgandi.



AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: ОКМК матбуот хизмати

Izohlar

rustam
21 jan
Японские футболисты, дисциплинированные,квалифицированные, надежные. Хороший трансфер, поздравляю Миржалола!
Rahim Maksudov
22 jan
Transfermarktdagi narxi 200 evro ming ekan. Musrni xidi kevoti.
AGMK UZB vs M.YU
21 jan
Jamoamizga yaxshi qo'shilib, chiroyli o'yinlari bilan muxlislarni mehrini qozonishiga umid qilamiz. OLG'A OKMK.
Soccerland777
22 jan
-Жапон, жапон дийсан... Қайдан аламын сенга жапонны? -Ана Қосимов оляптику.. 2 та бўлди уже.
Исломбек
21 jan
ОКМК га омад Андижон мухлиси