Rasman: Ozarbayjon klubi Umarali transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
29 yanv 2025
Kecha "Rubin" matbuot xizmati hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev Ozarbayjonning "Sabah" klubiga ketayotgan haqida ma'lum qilgan edi.

Rasman: Umarali Rahmonaliev Ozarbayjon jamoasida o'ynaydi

"Sabah" klubi matbuot xizmati mazkur transferni e'lon qildi. Unga ko'ra, Rahmonaliev Ozarbayjon klubi safida 1 yil ijara asosida to'p tepadi.

Ma'lumot o'rnida, Umarali Rahmonaliev 2022 yilning dekabrida "Rubin"ga o'tgan va 27 o'yinda maydonga tushgan.


Eslatib o'tamiz, "Sabah" ayni paytda Ozarbayjon chempionatida 20 turdan keyin 28 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.


"Sabah" klubi tomonidan Umaralini tanishtirish uchun tayyorlangan maxsus rolikni quyidagi linkda tomosha qilishingiz mumkin >>> Sabah


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/sabahfc