Rasman: "Paxtakor" braziliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
12 jan 2025
"Paxtakor" braziliyalik yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi bilan 2025 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan bitim tuzildi.

Braziliyalik Portugaliya Primeyrasida jami 67ta, Ikkinchi Primeyrasida esa 54ta o'yin o'tkazgan.

Lukka so'nggi bor Portugaliyaning "AVS Futebol" (Portugaliya) jamoasida o'ynagan. 

"Klubimiz raisining homiyligida safimizga tajribali futbolchilarni jalb qilishda davom etyapmiz. Aytib o'tganimizdek, endigi navbat legionerlarga. Jonatan Pedru Moreyra bilan ishlagan. Shuning uchun bosh murabbiy uning xizmatidan foydalanishga qaror qildi. Maqsad, u orqali tarkibdagi aksar yosh futbolchilarga maydonda bilim berish. Bugungi o'yin ham "Paxtakor" to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatdi deb o'ylayman", - dedi "Paxtakor" raisi o'rinbosari Dilshod Karimov.




AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: "Пахтакор" матбуот хизмати

Izohlar

AGMK UZB vs M.YU
12 jan
2025 yil Super liga yonadi shekillik. Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin.
Odilbek Abdushukurov
12 jan
Birorta gol yoki golli pas yo‘qmikan statistikasida.
Кодир
12 jan
Хуш келибсан пахтакоп оиласига.кадаминг кутлуг келсин
Кодир
12 jan
Хуш келибсан пахтакор оиласига.кадаминг кутлуг келсин
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
12 jan
Аввал уйнини курамиз, кейин бахосини берамиз.