Rasman: Pshemislav Frankovski - "Galatasaroy" futbolchisi

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2025
"Galatasaroy" "Lans" futbolchisi transferini e'lon qildi.

Turk klubi 29 yoshli o'yinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. "Lans"ga polshalikning ijarasi uchun 1 mln evro to'lanadi. Yozda esa "Galatasaroy" uni francuz klubidan 7 mln evroga sotib olishi mumkin bo'ladi. Turklar mavsum so'nggiga qadar futbolchiga 900 ming evro maosh to'lashadi.

Yozda Frankovskini sotib olish bandi aktivlashtirilsa u bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolanadi. Pshemislavning maoshi esa 2028 yilga qadar yillik 1.7 mln evroni tashkil qiladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Galatasaray.org