Rasman: "Real" futbolchisini APL klubiga ijaraga berdi

Alisher
27 iyul 2019
22 yoshli himoyachi Xesus Valexo "Vulverxempton" klubiga ijaraga berildi.

"Real" himoyachisi APL klubiga 1 yilga ijaraga berilgan.

Valexoning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi 2018/19 yilgi mavsum La Ligada 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Markaziy himoyachi "Real Saragosa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Real" uni turli yillarda "Real Saragosa" va "Ayntraxt" klublariga ijaraga bergan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Wolves