Rasman: "Real Madrid" Kazemiro "Manchester Yunayted"ga o'tganini e'lon qildi

Administrator
20 avg 2022
Klub o'z rasmiy sahifasida buni ma'lum qildi.

"Real Madrid" klubi o'z futbolchisi Kazemironing "Manchester Yunayted"ga o'tganini ma'lum qildi. "Real" o'z rasmiy saytida futbolchining barcha xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va u klub afsonasi ekanligini qayd etdi. 

22 avgust kuni Kazemiro bilan xayrlashuv marosimi o'tkaziladi. Ushbu marosimda futbolchi bilan birgalikda klub prezidenti Florentino Peres qatnashadi. Xayrlashuv marosimidan so'ng Kazemiro OAV qarshisida savollarga javob beradi.

Ma'lumot uchun, avvalroq 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachining transfer summasi 60 mln funt-sterlingni tashkil etishi xabar qilingandi.


AdministratorMuallif
Manba: realmadrid.com