Rasman: Sahob Rashidov "So'g'diyona"ga qaytdi!

Omonjon To`xtamirzayev
16 yanv 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "So'g'diyona" tarkibini kuchaytirish ishlarini ham davom ettirmoqda.

Avvalroq biz futbolchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik. 

"Jizzaxlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Sahob Rashidov bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun o'tgan mavsumda birinchi ligada 14 uchrashuvda 16ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Rashidov avvalgi faoliyati davomida "So'g'diyona", "Xorazm", "Dinamo" va "Jizzax" klublarida muvaffaqiyatli o'yinlar namoyish etgan.

Jamoamizga qaytgan ushbu tajribali futbolchi bilan yangi mavsumda yorqin o'yinlar kutib qolamiz va unga muvaffaqiyatlar tilaymiz!", - deyiladi klub xabarida



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати