Rasman: Sardor Rahmonov OKMKni tark etdi

Iskandarov Abdulaziz
5 iyun 2025
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusda olmaliqliklar tarkibida ilk o'zgarish ro'y berdi.

 Tajribali himoyachi - Sardor Rahmonov OKMK futbol klubini tark etdi.

2019-yildan buyon "konchilar" safida harakat qilib kelgan Sardor Rahmonov OKMK FK tarkibida jami 179 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, u klub safida 2020 va 2021-yillarda bronza, 2024-yilda esa kumush medallarni qo'lga kiritgan. Shu bilan birga Sardor Rahmonov OKMK tarkibida 2019, 2021 va 2023-yillarda Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

Avvalroq saytimiz orqali Rahmonovning jamoa bilan xayrlashgani haqidamalum qilgan edik.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати