Rasman: Sunnatilla Abdullajonov Andijon futbolchisi!

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024
"Andijon" klubi tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

So'nggi ikki mavsumni Farg'onaning "Neftchi" klubi safida o'tkazgan yarim himoyachi Vodiyning boshqa bir klubiga ko'chib o'tdi. 

"Andijon" futbol klubi Abdullajonov bilan shartnoma imzolanganini rasman ma'lum qildi. 

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar bugun imzolagan kelishuv 1 yilga mo'ljallangan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia