Rasman: Tojikistonlik futbolchi "So'g'diyona"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
1 jan 2025
"So'g'diyona" yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Tojikiston milliy terma jamoasi azosi, tajribali va mahoratli markaziy yarim himoyachi Ehsoni Payshanbe bilan 2025 yil oxirigacha bo'lgan shartnoma imzolandi.

Futbolchining o'tgan mavsumdagi statistikasi:

Tojikistonning "Istiqlol" klubi safida ichki chempionatda 18 uchrashuvda 5 ta gol kiritib, 10 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Avval "Navbahor", "Zob Ohan" va "Istiqlol" kabi jamoalarda o'ynagan.

Tojikiston milliy terma jamoasi safida 56 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylangan.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: "Сўғдиёна" матбуот хизмати

Izohlar

Abdusalom Mirzayev
2 jan
Легионер кўчманчилардан бири
Cute kitty
1 jan
Zo‘r