Rasman: "Turon" rossiyalik murabbiy bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2023
Kecha xabar berganimizdek, rossiyalik mutaxassis Denis Bushuev "Turon" klubi bosh murabbiyiga aylandi.

41 yoshli murabbiy bugun Yaypan jamoasi bilan shartnoma imzoladi va endi "Turon"ni navbatdagi bahsga tayyorlashni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Bushuev kecha Farg'onada kechgan "Neftchi" – "Turon" uchrashuvini "Istiqlol" stadionidan kuzatib borgan edi. Bu haqda "Eshitdik-da" rukni ostida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia