Rasman: Ueston Makkenni - "Yuventus" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
30 avg 2020
"Shalke-04" yarim himoyachisi Ueston Makkenni "Yuventus"ga ijara asosida ko'chib o'tdi.

Futbolchi bir yilga ijaraga olindi va u uchun 4,5 mln evro to'landi.

O'yinchi yangi jamoasida ma'lum bir yutuqlarga erishsa, "Yuventus"ga o'tishi majburiy tartibda amalga oshiriladi va uch yil davomida 18 million evro to'lanadi.

Shuningdek, xavbekning ko'rsatgan natijalariga qarab, summa 7 million evrodan ko'p bo'lmagan miqdorda oshishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com