Rasman: Van Persi "Feyenoord"ga qaytdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018
Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin van Persi professional futbolga kirib kelgan klubi "Feyenoord"ga qaytdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi.

2001-2004 yillarda "Feyenoord" sharafini himoya qilgan gollandiyalik sobiq klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Joriy mavsum hujumchi "Fenerbaxche" safida Turkiya chempionatining 2ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia