Rasman: "Vest Xem" "Real" sobiq murabbiyining o'rniga "Chelsi" sobiq ustozi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
9 jan 2025
"Chelsi" va "Brayton" klublari sobiq bosh murabbiyi Grem Potter "Vest Xem" bilan shartnoma imzoladi.

Kuni-kecha "Vest Xem" bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan kelishuvni bekor qilganini elon qildi.

Bugun esa Lopetegining o'rnini kim aniqlashi ham malum bo'lib ulgurdi. Klub Grem Potter bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv ikki yarim yilga mo'ljallangan.

Takidlash lozim, Potterning "Vest Xem"dagi debyuti juma kuni, "bolg'aurarlar" Angliya Kubogi 3-raundi doirasida "Aston Villa" maydoniga safarida yuz beradi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova:

Izohlar

assassin
9 jan
Урнини ким аниклаши хам маълум дегани хато фикр
Фахритдин
9 jan
Бошқа хабар йўқми, эрталаб ёздиларинг, (7:31), кеча ёздиларинг (21:00), кечқурун яна ёзларинг(((((((((((((((((((((