Rasmiy xabar: Botir Nosirov "Mashal" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2014
Qashqadaryolik darvozabon Botir Nosirov “Mashal” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ma'lumki, bu darvozabon o'tgan mavsumni buxoroliklar safida o'tkazib, 10ta o'yinda ishtirok etdi va 12ta gol o'tkazib yubordi.

Nosirov bungacha 2007-2012 yilgi mavsumlarda “Navbahor” sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig'ida u 33ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan va jami 57ta gol o'tkazib yuborgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia