Rasmiy xabar: Jasur Jaloliddinovning yangi klubi malum

Narzulla Saydullayev
25 oct 2024
O'zbekistonlik yarim himoyachi yana legionerga aylandi.

Ozarbayjonning "Sumgait" klubi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma tuzilgani haqida elon qildi. O'zbekistonlik futbolchi yangi klubda 77-raqamda o'ynaydigan bo'ldi. 

22 yoshli futbolchi bunga qadar "Bunyodkor", "Lokomotiv" Moskva, "Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent), "Qayrat", "Olimpik" va "Neftchi" klublarida to'p tepgan.

Malumot uchun, "Sumgait" 2010 yilda tashkil etilgan. O'z uy o'yinlarini 15350 tomoshabinga mo'ljallangan "Sumgait Siti" stadionida o'tkazib kelmoqda.

Ayni paytda ushbu klubda o'zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Silvanus Nimeli va himoyachi Milosh Milovich to'p tepmoqda. "Sumgait" Ozarbayjon chempionatida 10 ta o'yindan 7 ochko to'plab, 10 ta klub orasida 8-o'rinda bormoqda.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: instagram.com/sumqayitfc_official

Izohlar

G'ulom Murodovich
25 oct 2024
Malayziya. Bangladeshlarni ham aylanib keladi hali bu bola. Bos soqqani bos qolgani kopeyka
Olmaliq.uz
25 oct 2024
Omadini bersin. Klubi oxiridan bitta oldinda ekan turnir jadvali da
safo78
25 oct 2024
22 ешида туккизинчи клуб. Омадини берсин
Farhod__bek1990
25 oct 2024
Yulduzlik kasalligiga chalingan futbolchilarimizdan biri
Баходиржон 1912
25 oct 2024
Яна бир 40 клуба зйгаса песага чиқади