Rasmiy xabar: "Suonsi" bosh murabbiyi Pol Klement iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2017
APLda navbatdagi iste'fo yuz berdi.

"Suonsi" bosh murabbiyi Pol Klement o'z vazifasidan ozod etildi. Klub 18ta turdan so'ng 12 ochko bilan Angliya premer-ligasida eng so'nggi pog'onada bormoqda. 

Klement 2017 yilning 3 yanvar kuni bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Ushbu murabbiy qo'l ostida "Oq qushlar" 41ta o'yin o'tkazib 14ta g'alabaga erishdi, 5 bor durang o'ynab 22 marta yutqazdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: premierleague.com