Rasmiy xabar: "Xorazm" Superligada o'ynaydi, faqat...

Narzulla Saydullayev
21 jan 2025
Klub bosh homiysi 2025 yilgi xarajatlar smetasini tasdiqladi va smeta O'FA ro'yxatidan o'tkazildi.

Shuningdek, "Xorazm" viloyati hokimi Jo'rabek Rahimov klubni Superligada qo'llab-quvvatlash yuzasidan rasmiy kafolat berdi.

"Xorazm" so'nggi bor 2010 yilgi mavsumni elitada o'tkazgan bo'lib, shundan buyon nufuzi jihatdan ikkinchi raqamli ligada ishtirok etib kelayotgandi. Klub o'tgan mavsumni Pro-ligada 6-o'rinda yakunlagan bo'lsa-da, OFK licenziyasiga ega chiqqan. Mazkur harakat unga Superliga eshiklarini ochdi.

Avvalroq "Metallurg" va "Olimpik" Superliganing 16-jamoasi bo'lish imkoniyatidan voz kechgandi. "Xorazm" esa Liga tomonidan belgilangan dedlayn davomida talabni bajarishga erishdi.

Avvalroq malum qilinganidek, "Xorazm"dagi stadion Superliga talablariga javob bermasligidan kelib chiqib, klub elitadagi raqiblarini neytral maydonda qabul qiladi. Ayni vaqtda Xorazmdagi stadion chimi qanday turda bo'lishi masalasi O'FA bilan muhokama qilinmoqda. Bu masalada qanday kelishuvga erishilgani va "Xorazm" unga qadar qaysi stadiondan foydalanishi masalasida keyinroq xabar beriladi.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: x.com/afpfr

Izohlar

Yo'ldosh Karimov
21 jan
Lokomativ qani Babayani qolidan xich narsa kemadimi
IBOH SARIASIYA
21 jan
2018-йил Олий лига супер лига номини олган пайт.Сурхон осмондан осмондан тушгандек.Супер лигада қатнашди.Машъални стадиони тайёр эмас деб бутун бошли бир клубни Про лигага ағдаришганди.Ўтган йил супер лиганинг деярли ярим жамоасида стадион муаммо эди.Эххх
Xojakbar Xaitov
21 jan
Олдинлари стадионлар хароба эди лекин фудбол бор эди хозир стадионлар ям яшил лекин фудбол..............
LG
21 jan
Lokomotiv muhlislari juda siqilarkanda, uzi Lokomotivda muhlislaridan ko'ra xodimlari ko'p bo'lsa kerak, yoki har bir xodim klub muhlisi ????. Nimaga kerak shunaqa komanda mayli edi davlat tomonidan moliyalashtirilmay qaysidur biznesmenni shaxsiy qiziqishi bo'lganda ham.