Raul Asensio "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
19 mar 2025
"Real" himoyachisi Raul Asensio tez orada klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha deyarli kelishuvga erishgan. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

Asensio "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 22 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano