Raul, Gvardiola, Sneyder, Runi: Ishonmaysiz, ular bolboy bo'lishgan va buni isbotlovchi suratlar bor

Aslanov Jasurbek
14 apr 2020
Ular bolalikda chiziq ortida turib, afsonalarga to'p uzatib turishgan, futbolka so'rashgan va birga suratga tushishgan.

Ularning bazilari xatto kumirlari bilan ham to'p tepishga ulgurishgan.


Braim Dias 2012 yilda olingan suratda "Malaga"da Iskoga to'p olib berib turgan. Hozirda esa u o'zining kumiri bilan bir jamoada o'ynayapti.


1995 yil. Uesli Sneyder Frank Raykardni maydonga olib chiqqan


2002 yil. Koke 18 yoshli Fernando Torres bilan. Bir necha yillardan so'ng Torres va Koke "Atletiko" sharafini birgalikda himoya qilishdi


Alvaro Morata (chapdan ikkinchi) darvozabon Kamenidan futbolka so'ramoqda


Dani Karvaxal afsonaviy Alfredo Di Stefano bilan "Real"ning yangi mashg'ulot bazasiga birinchi g'ishtni qo'ydi


Raul Gonsales va 1991/1992 yilda "Atletiko" to'purari bo'lgan Manolo


1986 yil. Xosep Gvardiola "Barselona" o'yinchisi Viktor Munosdan futbolka so'rayapti


1998 yil. Karlos Teves va uning kumiri Roman Rikelme


2000 yil. Reklama banneri ortida o'tirgan bolakay Yago Aspas


1986 yil. Patrik Klyuyvert va Marko van Basten


2002 yil. Arda Turan "Galatasaroy" golini nishonlamoqda


Mateo Kovachich va Luka Modrich. Tepadagi surat 2008 yilda olingan


O'ng tomondagi bo'g'irsoq Garri Keyn, chapdagisi esa uning xotini


1998 yil. Ueyn Runi derbi oldidan "Everton" sardori Devid Uotsonni maydonga olib chiqdi


2005 yil. Mauro Ikardi va Maksi Lopes. Keyin nima bo'lganini yaxshi bilasiz.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: sports.ru

Izohlar

shovotlandiya
14 apr 2020
Gvardiyilani xafa qilan ekan shekilli
Bunyodkor&Chelsea!!!
14 apr 2020
Fernando Torres seni sog'indik (
AbbosMadrid
14 apr 2020
Охиргиси йомон чикибди Икарди Лопес
m.ibrohimov
14 apr 2020
lekin ikardi bilan lopes zor chiqibdi
Abulkasimov A
14 apr 2020
Maza qildim. Raxmat Adminlar.