Raulni o'rnini kim egallagani ma'lum bo'ldi

Khoja
29 may 2025
“Real“ning sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa Los-Blankosning “Kastilya“ yoshlar jamoasini boshqardi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar berdi. 42 yoshli ispaniyalik 2019 yildan beri ishlab kelgan Raulni o'rnini egalladi Bungacha Arbeloa “Real Madrid“ning turli yoshdagi yoshlar jamoalarida ishlagan. 2023 yilda Madridning U19 jamoasi Ispaniya yoshlar kubogini qo'lga kiritgan.

Arbeloa 2009 yildan 2016 yilgacha “Real Madrid“da o'ynagan va futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. Ispaniyalik himoyachi Madrid klubi bilan 9 ta sovrinni qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: realmadrid.com