Markaziy stadionda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev sloveniyalik mutaxassisga milliy urf-odatlarimizga xos mehmondo'stlik ko'rsatdi. Shuningdek, viloyat hokimi O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqovni kuni kecha elon qilingan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan muborakbod etdi. Malumki, Qashqadaryo futboli rivojiga hissa qo'shib kelilayotgan taniqli mutaxassis Sergey Kucherenko yaqinda 60 yoshni qarshiladi. Ravshan Ermatov O'FA nomidan Kucherenkoga tashakkurnoma va esdalik sovg'asi topshirdi.
Ravshan Ermatov va Srechko Katanec Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev bilan uchrashdi

Aziz Tukhtamuradov
26 aug 2021
Avval xabar berganimizdek, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va O'zbekiston terma jamoasiga nomzod murabbiy Srechko Katanec OFK kubogining Nasaf - Ahal uchrashuvini stadiondan kuzatib borishdi.
Izohlar