

"Birinchi o'rinda "Zomin" jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. Bunga yetib kelish uchun bir yil davomida yaxshi harakat qilishdi. Tajribali va mahoratli futbolchilar bilan o'ynashgani sezilib turdi. Biz bilan o'yinda ham shu narsa o'z so'zini aytdi. Tarqibimizda yosh va iqtidorli futbolchilar bor. Lekin baribir tajriba ustunlik qildi. Mayda xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradik. Xudo xohlasa navbatdagi mavsumlarda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Ravshan Xursanov.



