"Men yakshanba kuni qarorgohga birinchi marta kelganimda, asosiy tarkib yigitlari u erda yo'q edi. Men fizioterapiya xonasidan chiqib keldim va Arteta odatda qiladigan kichik ishlaridan birini qildi. U menga "Salom, men yangiman!" degan stikerni yopishtirib qo'ydi. Shunchaki yonimga keldi va nakleykani ko'ksimga yopishtirdi. Bu ishni murabbiy qilgani uchun shunday yurishimga to'g'ri keldi", – dedi Rays "Tubes and Ange Gold Life" podkastida.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Deklan Raysni "Vest Xem"dan 116,6 million evro evaziga sotib olgandi. Bu "kanonirlar" tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi.
Izohlar