Rays, Yamal, Deyola... "Pushkash" mukofoti uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilgi "Pushkash" mukofotini qo'lga kiritishga davogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Nomzodlar ro'yxatiga Alerrandro ("Vitoriya"), Alessandro Deyola ("Kalyari"), Pedro de la Vega ("Krus Asul"), Santyago Montel ("Independente"), Amr Nossir ("Al Ahli"), Karlos Orrantiya ("Atlas"), Deklan Rays ("Arsenal"), Rizki Rido ("Persiya Jakarta"), Kevin Rodriges ("Kasimpasha") va Lamin Yamal ("Barselona") kiritilgan.

2024 yilgi "Pushkash" mukofoti sohibi o'sha paytda "Manchester Yunayted" safida o'ynagan Alexandro Garnachodir.

FIFA afsonaviy vengriyalik futbolchi nomi bilan atalgan Ferenc Pushkash nomidagi sovrinni 2009 yildan beri eng chiroyli gol uchun berib kelmoqda.


Ushbu 11 ta gol videosini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com