"Real" "Arsenal" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025
"Real" "Arsenal"ning italiyalik himoyachisi Rikkardo Kalaforini kuzatib bormoqda.

"Qaymoqranglilar" italiyalik futbolchidagi kuchli himoya va hujumdagi ajoyib kombinaciyalarni o'zida mujassam etgan o'yin uslubini yoqtiradi. Qayd etilishicha, "Arsenal" Kalaforini sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor. Londonliklar futbolchi uchun 75-80 million evro olmoqchi.

"Arsenal" Rikkardo Kalaforining transfer huquqini 2024 yilning yozida "Bolonya"dan sotib olgandi. Italiyalik futbolchi joriy mavsumda "kanonirlar" safida 26 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: calciomercato.com