"Real" Benzemaga Bundesligadan o'rinbosar topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
2 fev 2023
Madridning "Real" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemiga qiziqish bildirmoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, Madrid klubi 21 yoshli germaniyalik futbolchini keyingi mavsumda Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.



Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana