Real futbolchisi Ispaniya terma jamoasiga ilk bor chaqirilishi mumkin

Alisher
26 feb 2025
Madridning Real klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio tez orada Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilishi mumkin.

22 yoshli futbolchi qaymoqranglilarning asosiy jamoasida ilk bor joriy mavsumda o'ynadi, ammo tezda o'zini ko'rsata oldi. Asensio mart oyidagi o'yinlarda "qizil furiya" safiga chaqirilishi ehtimoli yuqori - bunga Emerik Laportning jarohati sabab. Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi chorak finalida niderlandiyaliklarga qarshi maydonga tushadi. O'yinlar 20 va 23 mart kunlari bo'lib o'tadi. Raul Asensio Real safida safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: Relevo

Izohlar

Umurzoqov Begali
26 feb
Transfermarktni yozgi roʻyxatiga bu mavsumda eng koʻp narxi oshgan futbolchi sifatida kiritilsa kerak Kamida Ramosni yoʻlini bersin!!!
Aliakbar RM
26 feb
Chaqirmasa xam bo'me qoldi
Azizjon Turgunov
26 feb
Asensio/Kubarsi... Ispaniya yana oltin avlodiga qaytarmikin. muammo markaziy xujumchi lekin Ispaniya xujumchisizam Yevroni yutgan kuzatamiz
{ CHELSEA }
26 feb
Shu bola yaxshi oʻynayapti...