"Real" futbolchisi "Komo"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025
Xakobo Ramon "Real"dan "Komo"ga o'tdi.

Italiya klubi 20 yoshli chap qanot himoyachisining "Real"dan transfer qilinganini yozib o'tdi. Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, transfer summasi 2,5 million evroni tashkil qilgan. "Real"da futbolchini qayta sotib olish imkoniyati bor. Undan tashqari klub futbolchining keyingi transferidan 50 foiz mablag'ni qabul qilib oladi.

O'tgan mavsumda Ramon "Real"ning yoshlar jamoasi tarkibida 16 o'yinda, asosiy jamoada esa 6 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: comofootball.com