"Real" ikki himoyachini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
13 noya 2025
"Real" markaziy himoyasini kuchaytirish uchun Dayot Upamekano yoki Ibraima Konatedan birini tarkibiga jalb qilmoqchi.

"Cadena SER" ma'lumotiga ko'ra, "Real"ga ko'proq "Bavariya" futbolchisi maqul kelmoqda, lekin Myunxen klubi bilan kelishuvga erishish qiyin bo'lmoqda. "Liverpul" esa futbolchisini sotishga tayyor turibdi.

Gap Upamekanoning agenti Mussa Sissokoga borib taqalmoqda. U boshqa klublarning taklifiga qarab, "Real"dan kattaroq maosh talab qilishi mumkin.

"Real" ayni damda ikkala himoyachi borasidagi vaziyatni kuzatib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER