La Liga. "Real" o'z maydonida "Levante"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Alisher Ostonov
17 yanv 2026
La Liga 20-tur doirasidagi "Real" - "Levante" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 58-daqiqada “qirollik klubi” o'yinchisi Kilian Mbappe penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Raul Asensio esa 65-daqiqadagi goli bilan hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.

Shu tariqa, “Real” 20 o'yindan so'ng 48 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda, “Levante” esa 19 o'yindan so'ng 14 ochko bilan 19-o'rinda bormoqda.


17 yanv 2026, 18:00
Real Madrid — Levante
2 – 0
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia