"Real" "Lill" futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
4 apr 2020
"Lill" yarim himoyachisi Bubakari Sumare Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ispaniya klubi yozda jamoaning o'rta chizig'ini kuchaytirmoqchi va yosh xavbekni xarid qilishga harakat qilib ko'radi.

Fransiyalik futbolchiga shuningdek "Liverpul" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Sumarening "Lill" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

21 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport