"Real Madrid" Kavani bilan shartnoma imzolashi mumkin

Sherzod Nurmatov
19 okt 2021
"Real Madrid" "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani uchun kurashga qo'shildi.

Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" 34 yoshli urugvaylik futbolchini qishki transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishmoqda.

Kavanining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. Uning transfer qiymati 6 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kavani jamoaga Krishtianu Ronaldu kelgani tufayli tarkibdagi o'rnini yo'qotdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes