"Real Madrid" La Ligada mag'lubiyatga uchramagan yagona klub bo'lib qolmoqda

Оқил Абдубарноев
17 okt 2022
"Barselona" joriy mavsumda La Ligada ilk bor mag'lub bo'ldi.

Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 9-turi doirasidagi “Klassiko”da “Real”ga yutqazdi (1:3).

Shu tariqa Xavi shogirdlarining ketma-ket etti o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'yildi.

O'z navbatida, Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligada hali mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib qolmoqda. Madridning “Real” klubi 9 turdan keyin 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamga aylandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia