"Real Madrid" Mbappega bonus sifatida 100 million evro taklif qilmoqchi

Оқил Абдубарноев
16 iyun 2023
Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe transferi uchun PSJga pul to'lamoqchi emas.

Manbaning xabariga ko'ra, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Kilian Mbappega 2024 yilda shartnoma imzolagani uchun bonus sifatida 100 million evro to'lashni afzal ko'rmoqda. Ushbu shartnoma 6-7 yilga mo'ljallanishi ko'zda tutilmoqda. 

Qayd etilishicha, Peres “qaymoqranglilar”ning munosabatlari yomon bo'lgan PSJni boyitmoqchi emas.

Transfermarkt portali francuz yulduzini 180 million evroga baholamoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Relevo