"Real Madrid" Xabi Alonso bilan kelishuvga yaqin turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2024
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Madridning "Real" jamoasi safiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Ispan klubi prezidenti Florentino Peres bir necha oydan buyon Alonso va uning atrofidagilar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada va aynan hozirga kelib, tomonlar kelishuvga erishishga juda yaqin. 

Bunga qisman "qaymoqranglilar"ning oxirgi o'yinlardagi omadsizliklari ham sabab bo'layotgani aytilmoqda. Eslatib o'tamiz, "Real" avvaliga La Ligada "Barselona"ga (0:4), keyinroq YCHLda "Milan"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: teamtalk.com