Real Madridning kelasi yoz uchun asosiy transfer maqsadi ma'lum

Khoja
13 iyun 2024
Bayer yarim himoyachisi Florian Virc kelasi yil Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, Florian Virc Real Madridning kelasi yoz uchun asosiy transfer maqsadi bo'ladi. Madrid jamoasi futbolchi uchun 150 million evro to'lashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun,Virc o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 20ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Vircni 130 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru