"Real" Marselo bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini o'rganmoqda

Alisher
3 may 2022
Shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan "Real" himoyachisi Marselo bilan bitim uzaytirilishi mumkin.

Madrid klubi 33 yoshli himoyachi bilan bitimni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o'rganmoqda.

Marselo 2007 yildan beri ispan klubi safida harakat qilmoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo