"Real" mavsumning birinchi 6 oyida 589,6 million evro ishlab topdi. 20 ta uy o'yinidan 19 tasida tomoshabinlar soni 70 000 dan oshdi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2025
"Real" mavsumning birinchi 6 oyida yarim milliard evrodan ko'proq daromad oldi.

As nashri Madrid klubining moliyaviy hisobotiga tayanib xabar berishicha, 2024 yil iyulidan dekabrigacha "Real"ning umumiy daromadlari 589,8 million evroni tashkil etdi – bu o'tgan mavsumning shu davriga nisbatan 27,9% ko'pdir.  

"Real"ning "Santyago Bernabeu" stadionidan o'yin bo'lmagan kunlarda olingan daromadi mavsum boshidan buyon 43,9 million evroni tashkil qildi – bu summa 2023/24 yilgi mavsumdagi shu yo'nalishdagi umumiy daromadning 95% ni tashkil etadi. O'yin kunlaridagi daromad esa 149,6 million evroga etdi – o'tgan mavsumning shu davrida "Real" 94,5 million evro ishlab topgan edi. Shu bilan birga, "Real"ning barcha turnirlardagi 20 ta uy o'yinidan 19 tasida 70 mingdan ortiq tomoshabin ishtirok etdi.  

Mavsum boshidan beri "Real"ning marketingdan olingan daromadlari o'tgan mavsumga nisbatan 38,6% ga o'sib, 250,4 million evroga etdi. Shuningdek, klubning chakana savdo, homiylik va licenziyalashdan olingan daromadlari ham oshdi.  

Takidlanishicha, "Real" 2024/25 mavsumini rekord daromad bilan yakunlashi ehtimoldan xoli emas. Eslatib o'tamiz, 2023/24 mavsum yakunlariga ko'ra Madrid klubi dunyoda birinchi bo'lib 1 milliard evrodan ortiq daromad qayd etgan edi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: As

Izohlar

{ CHELSEA }
25 mar
Real soʻngi 20 yilda Top 5 chempionatlarida eng koʻp tarbiyalanuvchi yetishtirib bergan kulib boʻlibdi...
Dostonbek Anvarov
25 mar
Шунака болмасаям болмедида Реалда ахир хакамларгаям доля ажратиш керегу уларни хам хакки борку ахир
Umid Uuuu
25 mar
Bu sof foydasimas buni qanchadiri oylikka qanchadiri yana nimadir harajatlaga ketadi
Азимжон 2524
25 mar
Bularda 1 ta uyinda 70 ming bizda bazi-bir klublar 1ta sezonda urtacha 13.14 ming odam kiradi
Sanjik barsa
25 mar
Stadion ham daxshatda