"Real" Mbappe uchun 120 million evro taklif qilishga tayyor. PSJ 200 million talab qilmoqda

Оқил Абдубарноев
22 jun 2023
Madridning “Real” klubi iyul oyida PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishi mumkin.

El Chiringuito telekanali jurnalisti Pako Buyoning yozishicha, parijliklar 24 yoshli futbolchini 200 million evroga baholamoqda.

Madridliklar esa 120 million evro taklif qilishga tayyor. Transfer haqida 23 iyul kuni elon qilinishi aytilmoqda.

Oldinroq Mbappe PSJ rahbariyatiga maktub yo'llagani, unda hujumchi shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishni istamasligini malum qilgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: El Chiringuito

Izohlar

Bobur Abduxalilov
22 jun 2023
Undan ko'ra kutadi
Бавария & Ливерпуль
22 jun 2023
Baribir Realga kelasan Mbappe ko‘zing aytib turibdi.
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
23 jun 2023
120 juda ideal narx sababi Real 200 bergandan koʻra bir yil kutgani yaxshi Sababi Mbappe Realga bir yilda 200 million foyda keltirolmaydi ikkinchidan PSJ sotgani yaxshi sababi bir yildan kiyin tekin ketadi PSJ ha ham bir yilda 120 millionlik foyda qilib berolmaydi PSJ sotmasligiga yagona sabab bir yildan kiyin shartnomani uzaytishiga umid qilishi boshqa hal yoʻq manimcha
ALIXAN_3404
23 jun 2023
Real 200 miloyon biradimi 400 milyom beradimi lekim mbappeni real osa kere shunki bu pular real uchun kota pul xisoblamidi kim gapirsa gaprorsinu perezni yilig daromat 1mlyart 300 milyon bu digani mbappeni puli xechnima emas prosta talashib olshadyu real raxbaryati
Odilbek77
23 jun 2023
Bitta o'yinchi shunchayam qimmat bo'ladimi. Bunaqa Chubappelardan 10 ta kelsayam kam...