"Real" "Milan"dan Ximenesni 9 millionga sotib olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025
"Milan" futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas, lekin hech nima qila olmay qolishi mumkin.

Klublarning kelishuviga ko'ra "Real" 19 yoshli himoyachini qaytarib olish huquqiga ega. Shartnomaga ko'ra, ispanlar Ximenesni shu yil yozda 9 millionga, keyingi yozda - 12 millionga xarid qilishi mumkin.

"Milan" "qaymoqranglilar" bilan kelishuv shartlarini o'zgartirish bo'yicha qayta muzokara o'tkazishni niyat qilgan. Milanliklar Aleks Ximenesni o'z safida uzoq vaqtga saqlab qolishni niyat qilgan.

"Rossoneri" futbolchining o'zi bilan ham kelishuv shartlarini yaxshilashga tayyor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Relevo