"Real" Rodrigoga o'rinbosar topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025
Jurnalistlar "Real"da braziliyalik yulduz hujumchi Rodrigoning o'rnini kim egallashi mumkinligini bilib oldi.

"Defensa Central" xabariga ko'ra, agar braziliyalik futbolchi shu yozda "qirollik klubi"ni tark etsa, uning o'rnini PSJning fransiyalik vingeri Bredli Barkola egallashi mumkin. Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso parijliklar vingeri transferiga qiziqmoqda. Qayd etish joizki, ekspertlar hozirda Barkolaning transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Bredli Barkola o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 34 o'yinda qatnashib, 14 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central