"Real" Ryudiger bilan muzokara o'tkazadi

Alisher Ostonov
7 dek 2025
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirgan.

32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Shartnoma muddati tugagach, tomonlar hamkorlikni davom ettirishi yoki ettirmasligi hali aniq emas. Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, yaqin oylarda "qaymoqranglilar" vakillari Ryudiger bilan muzokaralar o'tkazadi. So'nggi paytlarda nemis futbolchisi jarohatlar tufayli tez-tez safdan chiqmoqda, ammo jamoa yetakchisi bo'lib qolmoqda va kiyinish xonasida muhim rol o'ynaydi.

Antonio Ryudiger "Real" safida 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Markaziy himoyachi joriy mavsum atigi uch o'yinda ishtirok etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano