"Real" sardori yana jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2025
Daniel Karvaxal tizzasidan jarohati oldi.

"Real"ning ma'lum qilishicha, himoyachi o'ng oyog'ining tizza bo'g'inida muammolar bor va unga artroskopiya amaliyoti o'tkaziladi.

El Partidazo de COPE xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi 2–3 oy davomida o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Yaqinda Karvaxal mushak jarohatidan tuzalib, safga qaytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Partidazo de COPE