“Real” sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi

Оқил Абдубарноев
28 dec 2023
Ispaniyaning “Real” klubi sobiq darvozaboni Diego Lopes faoliyatini yakunladi.

Manbaning xabar berishicha, tajribali darvozabon 42 yoshida futbol bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Yozda “Rayo Valekano”ni tark etgan futbolchi klubsiz qolgandi.

Eslatib o'tamiz, Diego Lopes Ispaniyaning “Vilyarreal”, “Sevilya”, “Espanol”, Italiyaning “Milan” klublari libosini kiygan. 2009 yilda u Ispaniya terma jamoasi tarkibida Konfederaciyalar kubogining bronza medalini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u 2013/2014 yilgi mavsum "Real" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Mundo Deportivo

Izohlar

Designer
29 dec 2023
Shu bo'lsa kerak deb kirgandim