"Real" sobiq o'yinchisi Michel "Xetafe"ni qabul qilib oldi

Alisher
27 may 2021
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Michel Gonsales "Xetafe"ni qabul qilib oldi.

58 yoshli mutaxassis Madrid yaqinida joylashgan klubni Xose Bordalasning "Valensiya"ga ketganidan so'ng boshqaradi.

Michel 2009-2011 yillarda "Xetafe"ni shug'ullantirgan. U shuningdek "Sevilya", "Olimpiakos", "Malaga" va "Pumas" klublarida ham ishlagan.

"Xetafe" o'tgan mavsum La Ligada 15-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: elespanol.com